DST Global vençur fondi asosçisi Yuriy Milner hamda uning oila a’zolari Rossiya fuqaroligidan voz keçdi. Bu haqda milliarderning özi 10 oktyabr, duşanba kuni Twitter mikroblogida ma’lum qildi.
Milnerning sözlariga köra, u 2014 yilda, Rossiya Ukrainaning Qrim yarimorolini anneksiya qilganidan keyin «Rossiyani abadiy tark etgan». U 2022 yilning yozida Rossiya fuqaroligidan çiqiş jarayonini yakunlaşga muvaffaq böldi.
Ilm-fan va texnologiya sohasida tadbirkorlik bilan şuğullanuvçi Milner, Forbes jurnaliga köra, 7,3 milliard dollar (7,5 milliard yevro) boylikka ega. 1999 yilda tadbirkor Isroil fuqaroligini oldi va bir neça yil şu mamlakatda yaşadi, şundan söng u AQŞga köçib ötdi, deb eslatadi naşr.
Iyun oyida yana bir milliarder, Freedom Finance investitsiya kompaniyasi asosçisi Timur Turlov (2,4 mlrd dollar) Rossiya fuqaroligidan çiqişini e’lon qildi. U Qozoğiston fuqaroligini oldi, öşa paytda u Qozoğistonda 10 yildan ortiq yaşab kelayotgandi.
1 sentabr kuni «Troyka Dialog» sarmoya kompaniyasining sobiq egasi va Skolkovo maktabi hammuassisi, milliarder Ruben Vardanyan (1 mlrd dollar) ham Rossiya fuqaroligidan voz keçiş va Armaniston fuqarosi maqomida tan olinmagan Toğli Qoraboğga köçib ötiş haqida gapirdi.












