10 oktyabr tongida Ukrainaning butun hududida şaharlar böylab raketa zarbalari yöllandi. Rossiya armiyasi Kiyev, Dnepr, Zaporijjya, Odessa, Lviv, Sumi, Kriviy Rih şaharlariga zarba berdi — bu şaharlarning köpçiligida bir neça oydan buyon havo hujumlari kuzatilmagandi. Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabiga köra, Rossiya harbiylari Ukraina şaharlari böylab 80 dan ortiq raketa uçirgan, şundan yarmi havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali tutib qolingan. Ukraina politsiyasiga köra, zarbalar oqibatida jami 11 kişi halok bölgan, 64 kişi yaralangan.
Rossiya prezidenti Volodimir Putin bu «Kiyev rejimi jinoyatlariga javob» ekanini aytdi va RF hududida «teraktlar davom etgan taqdirda» «qat’iy» javob qaytarilişini va’da qildi. RF mudofaa vazirligi «harbiy qömondonlik, aloqa va energetika obektlari» nişonga olinganini ma’lum qildi.
Bu zarbalar Qrim köprigida portlaş röy berib, Ukrainadagi Rossiya qöşinlariga yangi qömondon etib fuqarolik infratuzilmalarini yoppasiga öqqa tutiş tarafdori hisoblangan Sergey Surovikin tayinlanişidan ikki kun ötib amalga oşirildi.
Kiyev
- Şevçenkovskiy va Solomenskiy rayonlaridagi obektlar;
- muhim infratuzilma obektlari (şahar meri Vitaliy Kliçkoning sözlaridan ular aynan qayerda joylaşilgani anglaşilmagan), jumladan şahar markazidagi suv ötkaziş tarmoği;
- «101 Tower» biznes-markazi binosi, bu yerda Germaniya elçixonasining viza bölimi ham joylaşgan;
- «Vladimirskaya gorka» parkini Xalqlar döstligi arkasi bilan boğlaydigan piyodalar va velosiped köprigi; uni «Kliçko köprigi» deb ham ataşadi;
- markaziy temiryöl vokzali hududi, vokzal binosi derazalari tökilib ketgan;
- Taras Şevçenko bulvari va Vladimirskoy köçasi kesişmasi: bir neça avtomobil yonib ketgan, atrofdagi uylarning oynalari tökilgan;
- Taras Şevçenko nomidagi boğ; snaryad bolalar maydoni yaqiniga tuşgan.
Qurbonlar
Beş kişi halok böldi, 50 dan ortiq kişi yaralandi.
Kiyev oblasti
- oblastning uy rayonida muhim infratuzilma obektlariga zarbalar, jumladan bir IES;
- Obuxovskoye qişloği va Vişgorod rayonida aholi uylari şikastlangan;
- Brovari rayonida fuqarolik infratuzilmasi şikastlangan.





































