Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolar murojaati bilan ishlovchi xodimlar malakasi oshiriladi
Hukumat qarori bilan davlat organlari va tashkilotlari jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirish va o‘qitish asosiy vazifalaridan biri - murojaatlar bilan ishlash sohasidagi vaziyatni tizimli nazorat qilish va monitoring olib borish ko‘nikmalarini o‘rgatish hisoblanadi.
Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirish har 3 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. Xodimlar malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar ularni malaka oshirishga yuborgan tashkilot hisobidan qoplanadi.
Malaka oshirish kursida o‘qitish vaqti 12 soatni tashkil etadi. Malaka oshirish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: ta’lim muassasasi va uning filiallarida o‘qitish; xodimlar ish joyida o‘qitish; masofaviy ta’lim orqali o‘qitish.
Malaka oshirish kurslari o‘quv dasturiga muvofiq belgilangan mavzular (modullar) bo‘yicha sinov imtihonini topshirish bilan yakunlanadi.
Mavzuga oid
18:05 / 07.06.2026
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzgan 19 nafar xodim ishdan olindi
18:00 / 13.03.2026
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
22:07 / 12.10.2025