Keça, 23 may kuni Toşkent şahrida «Toşkent 5 taşabbus harakati» tadbirlari doirasida Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toşqulovning yoşlar bilan oçiq muloqoti bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Muloqot davomida vazirga özbek yoşlari, hususan, OTM bitiruvçilari orasida xorijiy davlatlarga çiqib ketiş tendensiyasi ommalaşib borayotgani va buning sabablari borasida savol bilan murojaat qilindi.

«Men bilimli yoşlarning xorijga intilişini töğri tuşunaman. Ular va ularning ota-onalarini bizdagi ta'lim sifatidan töliq köngli tölmagan. Buni tan olaman», – dedi Abduqodir Toşqulov savolga javoban.

Vazirga köra, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bu borada sifatni isloh qiliş yölida bir qator çoralarni körmoqda.

«Bu böyiça iş bölyapti. Biz har bir OTMda bittadan yangi prorektor lavozimi joriy qilib, unga xorijdan mutaxassis olib kelamiz. Şunday qilmasak, kredit- modul tizimi böyiça arosatda yuraveramiz. U şu işni töliq muvofiqlaştiradi.

Ikkinçidan, ketiş masalasiga kelsak, biz uzoq muddat öta yopiq davlatlar qatorida edik. Prezident Özbekistonni dunyoga oçdi. Şunday ekan, boşida bu tölqinning bölişi ham tabiiy hol.

Ketayotgan yoşlarning aksariyati çetdagi hayotni körib, qaytib keladi. Çetda hamma narsani ham tayyor qilib qöyişgani yöq. Qiziqiş, orzu, istak... Boradi, u yoqlarda qolgani qoladi, qaytgani qaytadi. Lekin baribir bizdagi millatparvarlik, xalqparvarlik tuyğulari ustun keladi.

Biz ham endi universitetda öqituvçi bölib qolganimizda 15 dollar oylikka işlardik. Yetkazganmiz, harakat qilganmiz. Qöşimça mehnat qilganmiz. Lekin hozir öqituvçilarning oyligi yaxşi-ku.

Odamni çet elga ketib qolişdan saqlaşning asosiy şartlaridan biri yaxşi oylik. Hozir oyliklar kötarilib boryapti-ku. Şaffoflik, demokratiya bor-ku. Bugun vazir kelib hisobot beryapti-ku. Bundan ortiq nima hayot yana?

Ha, bizda u yoqlardagidek bölmasligi mumkin, lekin öşa yoqdagidek hayot qilişimiz uçun kelişsin, xizmat qilişsin», – dedi Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri.