NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Ukrainadagi mojaroda Rossiyaning ehtimoliy ğalabasi Şimoliy Atlantika alyansining mağlubiyati bölişini tan olib, bunga yöl qöyib bölmasligini aytdi.
«Rossiyaning ğalabasi NATO mağlubiyatini anglatadi, bunga yöl qöyib bölmaydi. 10 oktabr kuni Ukrainaning ommaviy öqqa tutilişi Rossiyaning kuçsizligidan dalolatdir, çunki Rossiya jang maydonida oldinga bora olmayapti.
Alyans Rossiyaning yadro qurolidan foydalaniş niyati borligi haqidagi belgilarni körmayapti, ammo huşyor bölib turibdi. NATO kelasi haftada yadroviy tiyib turiş maşqlarini ötkazadi.
NATO mudofaa vazirlari Ukrainaga yordamni kuçaytiradilar. 12-13 oktabr kunlari bölib ötadigan yiğilişda Ukraina Mudofaa vaziri ham iştirok etadi.
NATO qurol zaxiralarini köpaytiriş va muhim infratuzilmani himoya qiliş çoralarini köradi. NATO mamlakatlari infratuzilmasiga gibrid hujumlar va kiberhujumlar alyansning jamoaviy mudofaa haqidagi şartnomasining 5-moddasi faollaşişiga olib kelişi mumkin», dedi Stoltenberg.
30 sentabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning NATOga tezkor kirişi uçun ariza topşirayotganini ma’lum qildi. Taşabbus Kanada, Polşa, Slovakiya, Çexiya, Ruminiya, Litva, Estoniya, Latviya, Xorvatiya, Çernogoriya va Şimoliy Makedoniya tomonidan qöllab-quvvatlandi.













