Toshkent, 2022 yil 12 oktyabr VEON Ltd. (NASDAQ: VEON, Euronext Amsterdam: VEON) konvergent aloqa va onlayn xizmatlarni taqdim etuvchi global raqamli operator O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish va sifat jihatidan o‘sishiga qaratilgan hamda mamlakatni Markaziy Osiyoning yirik IT habiga aylantirishga hissa qo‘shuvchi yangi tashabbuslarni e’lon qilmoqda. O‘zbekistondagi Beeline operatsion kompaniyasi orqali faoliyat yuritayotgan VEON raqamli reklamaning istiqbolli yo‘nalishini rivojlantirishni rejalashtirmoqda, buning uchun mamlakatimizda tajriba va jahon darajasidagi mutaxassislarni jalb qilgan holda hududiy AdTech-xizmatlarining servis markazi joriy etiladi. Kompaniya, shuningdek, mamlakatdagi ma’lumotlar tahlili va kiberxavfsizlik laboratoriyalarini kengaytiradi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining VEON kompaniyalar guruhi bosh direktori Kaan Terzio‘g‘li bilan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning raqamli ekotizimini jadal rivojlantirish uchun VEON raqamli reklamaga ixtisoslashgan OTM Global bo‘limining mintaqaviy markazini ochadi. Kelgusi yil davomida yangi OTM bo‘limi O‘zbekistonning Toshkentdagi yangi IT-parkida ishlash uchun 70 ga yaqin yuqori darajadagi AdTech mutaxassislarini yollaydi. Dastlab, kompaniya Markaziy Osiyo bozorlari uchun raqamli reklama xizmatlariga e’tibor qaratadi va kelgusi bir necha yil ichida jahon bozoriga chiqishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek VEON, Big Data va kiberxavfsizlik sohasida vakolatlarni rivojlantirib, eng yuqori darajadagi tajribani taklif qilib, BeeLab’ning O‘zbekistondagi raqamli bo‘linmasini kengaytiradi. 2023 yilning so‘ngiga qadar VEON BeeLab mutaxassislari sonini deyarli ikki barobarga, ya’ni 130 dan 250 dan ortiq kishiga oshirishni va O‘zbekistonda sohaning kadrlar resurslarini ma’lumotlar fanlari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, skram metodologiyasi va yechimlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Yangi xodimlarni jalb qilish orqali BeeLab O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi bank sektori va fintech mijozlari uchun ma’lumotlar tahlili va kiberxavfsizlik bo‘yicha ishlarni kengaytirmoqda.

“Mamlakat kelajagi raqamli avlodga tegishli. Shu bois global tajribasi kadrlar salohiyatimizni oshirishga hissa qo‘shayotgan yetakchi kompaniya va tashkilotlar bilan O‘zbekiston hamkorlikni faol rivojlantirmoqda, raqamli maqsadlarimizga yetishishga yanada katta turtki bermoqda. VEON prezidentimiz O‘zbekistonni mintaqaviy IT-habga aylantirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlayotgani, mutaxassislarni IT sohasiga jalb etayotgani va yuqori malakali mutaxassislar zaxirasini shakllantirgan holda ilg‘or kompetensiyalarni rivojlantirayotgani quvonarli”, — dedi O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri