Yangi Zelandiya hukumati iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş maqsadida qişloq xöjaligi hayvonlari çiqaradigan issiqxona gazlariga soliq solişni rejalaştirmoqda.

Vellington 2050 yilga borib, issiqxona gazlarini kamaytiriş va uglerod neytralligiga erişişni va’da qilmoqda. 2030 yilgaça qişloq xöjaligidagi metan çiqindilarini 10 foizdan 47 foizgaça kamaytiriş majburiyati hukumat strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Boş vazir Jasinda Ardern sözlariga köra, fermer xöjaliklaridan yiğilgan soliq tuşumlari yangi texnologiyalar, tadqiqotlar va fermerlarni rağbatlantiriş tölovlarini moliyalaştiriş uçun qayta investitsiya qilinadi.

Bunday soliq dunyoning heç bir mamlakatida yöq va Yangi Zelandiya bu borada birinçi böladi. Fermerlarga uşbu soliq miqdorini öz mahsulotlari narxiga qöşgan holda qoplaş tavsiya qilinmoqda.

Qişloq xöjaligi vaziri Demiyen ÖKonnor buni mamlakat fermerlari uçun hayajonli istiqbol deb atadi.

«Fermerlar allaqaçon iqlim özgarişidan zarar körmoqda, çunki qurğoqçilik va suv toşqinlari tez-tez sodir bölyapti. Qişloq xöjaligi çiqindilarini kamaytirişda yetakçilik qiliş atrof-muhit uçun ham, iqtisodiyotimiz uçun ham foydalidir», - deb tuşuntirdi u.

Fermerlar uyuşmasi prezidenti Endryu Hoggard yangi soliqning joriy qilinişidan mamnun emas.

«Fermerlar ikki yil davomida hukumat bilan issiqxona gazlarini kamaytiriş rejasi ustida birga işlaşga harakat qilişdi. Fermerlar işlab çiqarişni kamaytirmagan holda bunday çoralarni qöllaş tarafdori edi. Endi esa yangi taklif fermerlarni öz fermalarini sotişga majbur qiladi», dedi u.

Qöy va sigirlarning metan kekiriklari mamlakatdagi issiqxona gazlarining eng yirik manbalaridan biri hisoblanadi. Har bir hayvon har kuni kekirik va gaz çiqariş orqali atmosferaga 400-500 litr metanni tarqatadi. Metan atmosferada karbonat angidridga qaraganda kamroq yaşaydi, lekin issiqlikni 30 barobar samaraliroq saqlaydi, şuning uçun xavfliroq bölişi mumkin. Umuman olganda, 5 million aholiga ega mamlakatda 10 millionga yaqin göşt-sut yönalişidagi qoramol, 26 million qöy boqiladi.

Avvalroq Yangi Zelandiya hukumati kelajak avlodga sigaret sotişni taqiqlaş töğrisida qaror qabul qilib, mamlakatni «çekişdan xoli» qiliş rejasini e’lon etgan edi.