Yiğilişda assotsiatsiya ijroiya qömitasiga a’zolarni saylaş va yönalişlar böyiça guruhlarni şakllantirişga oid munozaralar ötkazildi. Ibrohim Abdurahmonov Xalqaro paxta tadqiqotçilari assotsiatsiyasi maslahatçisi etib saylandi va xalqaro taşkilot doimiy a’zosi sifatida ovoz beriş jarayonlarida iştirok etdi.

Tadbirda Xalqaro paxta tadqiqotçilari assotsiatsiyasi navbatdagi 8-jahon paxta tadqiqotlari konferensiyasini ötkaziş uçun talabgor davlatlar sifatida Özbekiston, Hindiston va Pokiston taqdimotlari örganib çiqildi. Yakunda ijro qömitasi a’zolari uşbu tadbirni 2024 yilda Özbekistonda ötkazilişini yoqladi.

Özbekiston delegatsiyasi Misr paxta arbitraji va sinovi boş taşkiloti (CATGO) raisi Muhammad Xalil Xedr bilan uçraşuv ötkazdi. Muloqot natijasida tomonlar CATGO va Özbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi SIFAT paxta tolasini sertifikatlaş markazi örtasida aloqalarni örnatiş, tajriba almaşiş böyiça onlayn muzokaralar taşkil etiş, özbekistonlik mutaxassislar uçun CATGO öquv kurslarida ta’lim oliş uçun grant ajratiş böyiça kelişuvlarga erişdi.