10:44 / 13.10.2022
3102

O‘zbekiston va Eron o‘rtasida viza jarayonini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

13 oktyabrdan e’tiboran O‘zbekiston va Eron hukumatlari  o‘rtasidagi ishbilarmon va ilmiy doiralar vakillari  hamda sayyohlik guruhlar uchun viza jarayonlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi.

Foto: Sputnik

Bitim Eron prezidentining 14-16 sentabr kunlari O‘zbekistonga (Samarqand shahri) buyurgan rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.

Hujjat 11 moddadan iborat bo‘lib,  uning kuchga kirishi ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, turizm, fan va ilmiy faoliyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Hujjatda ikki davlat o‘rtasida bevosita sayyohlar almashuvini tashkil qilish, ishbilarmonlik va ilmiy sohadagi qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuv o‘z aksini topgan.

Mazkur hukumatlararo bitimni amalga oshirish uchun O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mas’ul etib belgilangan.

Mavzuga oid
Top