Ğuzor tumanidagi “Ğuzor quduq çorva” fermer xöjaligi raisi Hamza Toştemirov çorva fermer xöjaligida yer maydoni mavjud emasligi va ozuqa mahsulotlari yetişmovçiligi tufayli “Xalq banki” Ğuzor tumani filiali binosi oldiga çorva mollarini haydab borganini aytib ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaat qilgan.

Videomurojaatda, fermer 2 milliard sömga xorijdan zotdor mol olib kelganini, yetarliça yer ajratilmagani uçun mollari oç qolgani, oqibatda çorvasini tuman markazida joylaşgan “Xalq banki” Ğuzor tumani filiali binosi oldiga haydab borişga qaror qilganini aytadi.

Fermer mollarini bank binosi oldiga 2022 yil 3 oktyabr kuni haydab borgan. Mazkur holat yuzasidan Ğuzor tumani IIB tomonidan töplangan hujjatlar öşa kunning özida jinoyat işlari böyiça Ğuzor tuman sudida körilib, uning qaroriga asosan huquqbuzarga nisbatan BHMning 2 baravari miqdorida (600 ming söm) jarima jazosi tayinlangan.

Holat yuzasidan Ğuzor tumani hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi. Unda aytilişiça, “Ğuzor quduq çorva” fermer xöjaligi tomonidan 2020 yil 28 may kuni AT “Xalq banki” Ğuzor filialidan ajratilgan 1 mlrd 877 mln söm miqdordagi kredit mablaği asosida Germaniyadan 67 boş Aberdin Angus zotli qoramollari olib kelingan.

Kreditni ajratişda bank tomonidan fermer xöjaligida çorva mollari uçun ozuqa mahsulotlari yetiştiriş uçun yer maydonlari yetarli ekani e’tiborga olingan.

“Ğuzor quduq çorva” fermer xöjaligiga 67,7 gektar, şundan 42,7 gektar suğoriladigan va 25 gektar lalmi yer maydonlari qonunda belgilangan tartibda tuman hokimi qarori va auksion bayonnomalari orqali ajratib berilgan.

Yer kodeksining 46-1-moddasi 1-qismi 3-bandida çorvaçilik mahsulotini işlab çiqarişga ixtisoslaşganlarga ozuqa ekinlarini yetiştiriş uçun şartli bir boş qoramol uçun suğoriladigan yerdan kamida 30 sotix, lalmi yerdan 1 gektar ölçamda ajratilişi nazarda tutilgan. Uşbu qonun normalariga köra, “Ğuzor quduq çorva” fermer xöjaligi tomonidan keltirilgan 67 boş çorva mollari uçun jami 18 gektar yer maydoni talab etiladi. Fermer xöjalikka 24,7 gektar suğoriladigan va 10 gektar lalmi yer maydoni me’yordan ortiq miqdorda ajratib berilgan.

«Bundan taşqari, fermer xöjaligi raisi H.Toştemirov tomonidan tumandagi M.Rahmonov hududidagi 189q, 191 va 339-sonli konturlardagi jami 43,1 gektar suğoriladigan yer maydonlaridan uzoq vaqt hujjatsiz foydalanib kelinmoqda.

Mazkur yer maydonini fermer xöjalikka ajratib beriş haqidagi oğzaki murojaatiga javoban H.Toştemirovga Prezidentning 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-sonli qarori asosida mahalliy hokimliklardan yer beriş vakolati olingani, fermer foydalanib kelayotgan uşbu yer maydonlarini auksion savdolari orqali oliş tartibi tuşuntirilgan», deyiladi munosabatda.