Şimoliy Koreya 12 oktyabr, çorşanba kuni qator raketa sinovlarini davom ettirdi. Ikkita uzoq masofaga uçuvçi qanotli raketalarning uçirilişiga Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In boşçilik qildi va ularning natijalaridan mamnun böldi, deya xabar beradi Koreya markaziy axborot agentligi (KMAA). Pxenyanning ta’kidlaşiça, sinovlardan maqsad - «yadroviy jangovar kuçlarning reaksiya bildiriş darajasini oşiriş» bölgan.

Janubiy Pyongan provinsiyasidan Sariq dengiz tomon uçirilgan raketalar 2000 kilometr masofani 10 234 soniyada (3 soatdan sal kamroq) bosib ötdi va nişonga aniq tegdi, deya qayd etadi KMAA. U nişon nimadan iborat bölganini aniqlaştirmagan. Ayni paytda ğarb ekspertlari bu raketalar yadroviy kallaklarni olib yurişga qodirligiga şubha qilmoqda, deb yozadi dpa.

Pxenyan tomonidan ötkaziladigan bunday sinovlarni diqqat bilan kuzatuvçi Janubiy Koreya, Yaponiya va AQŞ tomonidan yangi raketalar uçirilgani röyxatga olinganmi yoki yöqmi, hozirça noma’lum. Şimoliy Koreyaning qanotli raketalari, odatda, ballistik raketalarga qaraganda kamroq qiziqiş uyğotadi, çunki ular BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyalarida aniq taqiqlanmagan, deb ta’kidlaydi Reuters.

Şimoliy Koreya sentabr oyi oxiridan beri raketa sinovlarini tez-tez ötkazyapti. Oktyabr oyi boşida KXDR tomonidan uçirilgan ballistik raketa beş yil içida birinçi marta Yaponiya arxipelagi ustidan uçib ötgandi, bu Tokio, Seul va jahon hamjamiyati boşqa vakillarining noroziligiga sabab böldi.

Bunga javoban AQŞ va Janubiy Koreya yer-yer sinfidagi raketalarni ikki marotaba sinovdan ötkazdi. «Yonhap» agentligining Janubiy Koreya Boş ştabiga tayanib xabar berişiça, Amerika va Janubiy Koreyaning ATACMS raketalari Yapon dengizi tomon yönaltirilgan. Ayni vaqtda, Seul tomonidan otilgan raketalardan biri harbiy baza hududiga tuşgan.