Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Farg‘onada jinoyat ishini ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi
Jinoyat ishlarini ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqarolar D.Q. va M.J. o‘zaro til biriktirib, fuqaro D.ning ishonchiga kirib, uning tanishi R.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida tergov hibsxonasidan chiqarib, unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ijobiy hal qilib berishni va’da qilib, evaziga 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro B.N. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uning Zangiota tumanidagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan otasini 5 000 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali muddatidan ilgari jazodan ozod qilib berishni va’da qilib, oldindan 35 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026