Unda amalga oşirilgan loyihalar va Özbekistondagi islohotlar, jumladan, respublikamiz töqimaçilik sohasida röy bergan muhim voqealar böyiça yilning dastlabki yakunlari sarhisob qilindi.
Toşkent Töqimaçilik sammiti bugun jahon töqimaçilik biznesi vakillari va nufuzli ekspertlarini birlaştirdi, dedi Senat raisi Tanzila Norboyeva.

Qayd etilişiça, yaqin tarixda Özbekiston dunyoning eng yirik paxta xomaşyosini yetkazib beruvçi davlatlaridan biri bölsa-da, yillik eksport tuşum bor-yöği 1 mlrd dollar atrofida bölgan.
Ta’kidlanişiça, sohada amalga oşirilgan islohotlar natijasida Özbekiston jahon bozorining e’tirof etilgan iştirokçisiga aylanmoqda va 2021 yilda qiymati 3 mlrd dollarga teng tayyor töqimaçilik mahsulotlarni eksport qilişga erişdi.

“Özbek paxtasi va undan işlab çiqarilgan mahsulotlar turli “boykot”lar va çeklovlardan xoli böldi. Bugungi kunda sohadagi muhim maqsadimiz — aholimiz uçun yangi zamonaviy iş örinlari, munosib mehnat şaroitlari hamda xodimlarning ijtimoiy himoyasi işonçli ta’minlangan sanoatni rivojlantirişdir”, dedi Senat raisi.
Bildirilişiça, buning zamirida «Özbekistonda işlab çiqarilgan — Made in Uzbekistan brendi ostidagi mahsulotlar hajmi va turlarini köpaytirişga hamda jahonda ularning yuqori sifat darajasi e’tirof etilişiga erişiladi.












