UzAuto Motors joriy yil boşida Korea Company bilan Chevrolet Malibu import qiliş böyiça qariyb 63,5 mln dollarlik şartnoma imzolagan. Bu haqda davletovuz Telegram-kanali xabar bermoqda.

“Bu pulga Koreyada neçta “Maluba” olingan-u, Özbekistonda qançaga pullangani qiziq. Olibsotarlikdan qança daromad kördi ekan?” – deya yozgan bloger.

Kun.uz'ning e’tibor qaratişiça, GM Korea kompaniyasi Janubiy Koreyaning özida Chevrolet Malibu avtomobilini taklif qilinayotgan qulayliklaridan kelib çiqib 28 mln 950 ming vondan 33 mln 230 ming vongaça (hozirgi kurs böyiça 20 300 dollardan 23 300 dollargaça) bölgan narxlarda sotmoqda.

Taqqoslaş uçun, Koreyadan import qilinuvçi Chevrolet Malibu'ni Özbekistonda 394 mln 900 ming sömdan 405 mln 900 ming sömgaça (35 600 dollardan 36 580 dollargaça) bölgan bahoda xarid qiliş mumkin.

Kun.uz “Özavtosanoat” AJ matbuot xizmatiga Koreyadan avtomobil import qilişda logistika xarajatlari qançaga tuşişi va bitta konteynerda neçta maşina olib kelinişi yuzasidan murojaat qildi, biroq ma’lumot ololmadi.

Kun.uz manbasiga köra, bugungi kunda Janubiy Koreyadan 3ta maşina ortilgan bitta konteynerning örtaça logistika narxi 12,5 ming dollarni taşkil qiladi. Bundan körinadiki, olib keliş xarajatlarini qöşib hisoblanganda ham, Chevrolet Malibu har bir avtomobilni Koreyadagi narxlariga nisbatan taxminan 9-10 ming dollar qimmatroq sotayotgan bölişi mumkin.

Boz ustiga, ulgurji xarid qilingani sabab arzonroq narxda sotib olinayotgan bölişi ehtimolini ham inkor etib bölmaydi.

Import ustiga qurilgan avtomobilsozlik

Davletovuz e’lon qilgan ma’lumotlardan körinadiki, UzAuto Motors GM Korea kompaniyasi bilan maşina va butlovçi qismlar importi böyiça 700 mln dollarlik va 446 mln dollarlik, GM Brasil kompaniyasi bilan esa 30 mln dollarlik, Joyson Safety Systems Hungary Kft kompaniyasi bilan xavfsizlik yostiqçalari xarid qiliş uçun 76,6 mln yevrolik şartnomalar tuzgan.