Hududlar ikkinçi bosqiçga ötdi

Barçasi bir kun avval Rostov oblasti gubernatori Vasiliy Golubevning oblast «yangi safarbarlik topşiriği» olgani haqidagi bayonoti bilan boşlandi. Ötgan haftagina hudud ma’muriyati Mudofaa vazirligi tomonidan viloyatga qöyilgan qisman safarbarlik rejasi «töliq bajarilgani» haqida xabar bergandi.

Rostov gubernatorining sözlaridan şunday xulosaga keliş mumkinki, harbiy çaqiruv komissariatlari Mudofaa vazirligining yangi topşiriğini bajarişga kirişgan. Ya’ni ular yana safarbar qiliş uçun erkaklarni qidirişni boşlagan.

11 oktyabr kuni Kursk oblasti ma’muriyati tomonidan ham xuddi şunday bayonot berildi: «Safarbarlikning birinçi bosqiçi töliq yakunlandi. Mintaqada ikkinçi bosqiç boşlandi».

Safarbarlik davom etişini e’lon qilgan uçinçi mintaqa Buryatiya böldi. Ukrainada halok bölgan Rossiya harbiylarining katta qismi aynan şu respublika vakillaridir.

Buryatiya «qisman» safarbarlik rejasi yuz foiz bajargani haqida 30 sentabr kuni xabar berilgan edi. Biroq, Buryatiya rasmiylari gap «yangi tölqin» haqida ketmayotganini bildirdi (ya’ni ikkinçi bosqiç boşlangan).

Buryatiya harbiy komissari örinbosari Igor Kibalnik yangi safarbarlik işlarini «qöşimça yiğin» deb atadi.

«Buryatiyada qöşimça yiğin unçalik ham katta kölamda emas. Şuning uçun ikki hafta oldin bölgani kabi maktablar va boşqa joylarda qöşimça çaqiruv-yiğuv punktlarini oçişga hojat yöq. Mavjud komissarliklar işlari yetarli. Heç qanday şoşqaloqlik, tuni bilan işlaş haqida gap ketayotgani yöq. Barçasi reja böyiça ketadi, vazifani bajariş uçun vaqt bor», – deydi u.

«Dojd» telekanali Omskdagi harbiy komissarlikdagi uçraşuvning audioyozuviga asoslanib taxmin qilgan versiyaga köra, safarbarlik uç bosqiçda amalga oşiriladi: 26 sentabrdan 10 oktyabrgaça, 11 oktyabrdan 25 oktyabrgaça va 26 oktyabrdan 10 noyabrgaça. Telekanal audioyozuv haqiqiyligini töliq tasdiqlaşning imkoni yöqligini ta’kidlagan. Telekanal tomoşabinlari esa şunga öxşaş ma’lumot haqida Krasnoyarsk ölkasidan ham xabar bergan.

«Heç qanday yangi tölqin yöq»

«Boşqa hududlarda safarbarlik davom etayotgani — bu qöşimça yiğin jarayoni, safarbarlikning ikkinçi tölqini emas», – degan TASS naşri bilan suhbatlaşgan Baykal ölkasi ma’muriyati vakili Roman Şadrin.

«Bizda safarbarlikning ikkinçi tölqini haqida gap ketgani yöq, biz hozir bajarayotgan, belgilangan vazifalarimiz bor. Hammani bir vaqtning özida, bir kunda çaqiriş topşiriği yöq», – degan Ryazan oblasti gubernatori Pavel Malkov. Bu hudud ma’muriyati boşqalardan farqli ravişda safarbarlik rejasining bajarib bölingani haqida hisobot bermagandi.