Rossiyaning Belgorod oblastida temiryöl yaqiniga qulagan raketa parçalari tufayli Novooskolskiy tumanida poyezdlar harakati töxtatildi. Viloyat gubernatori Vyaçeslav Gladkovning sözlariga köra, 14 oktyabr, juma kuni ertalab havo hujumidan mudofaa tizimlari Noviy Oskol hududida bir neçta raketalarni urib tuşirgan. Bölaklar temiryöl yaqiniga tuşib, elektr uzatiş liniyalariga zarar yetkazgan.
«Favqulodda vaziyatlar guruhlarini kutmoqdamiz. Işonçim komilki, ular vaziyatni tezda önglab, yöl harakati tiklanadi. Men sizni xabardor qilib turaman. Eng muhimi, jabrlanganlar yöq», - deb yozdi Gladkov Telegram-kanalida.
Oxirgi 24 soat içida Belgorod oblastida bir qator hodisalar röy berdi, mahalliy hokimiyat ularni Ukrainadan raketa hujumlari bilan boğlayapti. Bir kun avval Vyaçeslav Gladkov Ukraina Qurolli kuçlari Belgorodni öqqa tutgani, natijada 16 qavatli turar joy binosi tomining bir qismi qulab tuşganini aytgandi.
Bundan taşqari, gubernatorning sözlariga köra, Ukraina Qurolli kuçlari Şebekinodagi bojxona postini, şuningdek, Krasnoye Şebekinskoye qişloğini öqqa tutgan. Keçqurun Oktyabrskiy qişloğida otişma natijasida öq-dorilar ombori portlatilgan.
Ukraina tomoni Belgorodning öqqa tutilişi haqida xabar bermadi. Odatda, Ukraina Rossiya hududini Ukraina qöşinlari tomonidan ehtimoliy öqqa tutilişi haqida rasman izoh bermaydi. Uruş boşlanganidan beri Belgorodda bir neçta portlaşlar sodir böldi, bu Ukrainaning öqqa tutilişi natijasida sodir bölgan. Portlaşlardan birida bir neça kişi halok böldi.













