Xalqaro energetika agentligi (XEA) ma’lumotlariga köra, Rossiyaning sentabrdagi neft daromadlari ötgan oyga nisbatan 3,2 milliard dollarga (yoki 17,3 foizga) qisqarib, yil boşidan buyon eng past körsatkiç — 15,3 milliard dollarni taşkil qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Rossiya neft eksporti bir oy içida kundalik 260 ming barrelga qisqargan, oqibatda neft daromadlari eng past körsatkiçga tuşib qolgan. Rossiyaning Yevropa Ittifoqiga neft yetkazib beriş hajmi 390 ming barrelga qisqarib, 2,6 million barrelga tuşgan. Yevropa Ittifoqining Rossiya eksportidagi uluşi esa 50 foizdan 35 foizga tuşgan.

Şu bilan birga, Rossiya joriy yilning sentabr oyida neftdan ötgan yilning şu davriga nisbatan köproq daromad oldi. Ötgan yili daromad miqdori 14,9 milliard dollar edi, bu yil — 15,3 milliard dollar.

Yevropa Ittifoqi davlatlari yozda Rossiyaning dengiz orqali import qilinadigan neftidan butunlay voz keçişga kelişib olişgan edi. 2022 yil dekabriga qadar quvur orqali yetkaziladigan neftdan ham töliq voz keçmoqçi.

Şuningdek, Yevrokomissiya Rossiyaning energetika resurslari, jumladan, neft va gaz uçun narxlarning yuqori çegarasini joriy qilmoqçi. Vladimir Putin bu holat yuz beradigan bölsa, Rossiya Ğarbga yoqilği yetkazib berişni töxtatişini aytdi.

Ötgan hafta Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi sanksiyalarning sakkizinçi paketini joriy qildi. Xususan, Rossiya neftini dengiz orqali uçinçi mamlakatlarga belgilanganidan yuqori narxda taşiş taqiqlandi.

Qöşma Ştatlar ham Rossiya nefti tannarxini çeklaşni rejalaştirmoqda, biroq, OPeK+ mamlakatlari tomonidan neft qazib olişning keskin qisqartirilişi bu taşabbusga tösiq bölişi mumkin. AQŞ ma’muriyatining ayrim rasmiylari bunday şaroitda narx çegarasining joriy etilişi neft narxining keskin ösişiga olib kelişi mumkinligidan xavotirda.