Ukrainalik qoçqinlarni qabul qilgan Yevropa ittifoqi davlatlari ularni saqlaş uçun qöşimça 3,5 milliard yevro oladi. Mablağlar Yevropa mintaqaviy rivojlaniş jamğarmasi deb ataladigan fonddan olinadi. YeI davlatlari bu haqda 13 oktyabr, payşanba kuni Yevrokomissiya taklifini ma’qullaş orqali kelişib oldi. Yevropa parlamenti avvalroq bunga ruxsat bergandi.
Joriy yilning aprel oyida Yevropa ittifoqi davlatlari Ukrainadan kelgan qoçqinlarni joylaştiriş uçun 3,4 milliard yevro oldi. Öşanda mablağlar koronavirus inqirozi oqibatlarini bartaraf etiş uçun yaratilgan React-EU-Paket jamğarmasidan ajratildi. Ular birinçi navbatda Ukraina bilan çegaradoş davlatlar uçun möljallangan edi, çunki ular eng köp qoçqinlarni qabul qilişgan. BMT ma’lumotlariga köra, Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş paytida 7,6 milliondan ortiq ukrainaliklar Yevropaga kirib kelgan.
Rossiyaning Ukrainaga qurolli bostirib kirişi boşlanganidan beri avgust oyining oxirigaça Germaniyaga deyarli bir million ukrainalik qoçqin keldi. Federal statistika boşqarmasi ma’lumotlariga köra, ukrainalik qoçqinlarning aksariyati uruş boşlanganidan keyingi dastlabki oylarda kelgan. Şunday qilib, mart oyida Germaniya hukumati 431 ming, aprelda esa 198 ming holatni qayd etgan. Öşandan beri Germaniyaga kelayotgan ukrainaliklar soni kamayib bormoqda. Iyul oyida Germaniyaga 58 ming, avgust oyida esa 70 ming ukrainalik kelgan. Statistik ma’lumotlarga köra, joriy yilning avgust oyida Ukraina Germaniyaga qoçqinlar kelgan asosiy davlat bölib qolgan. Şu bilan birga, statistika organlari Ukrainaga qaytib ketişning 78 mingga yaqin holatini qayd etgan.













