Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya O‘zbekistonga IT va yashil iqtisodiyot sohasida investitsiya kiritmoqchi
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash muhokama qilindi.
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekistondagi elchisi Timoti Torlot bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlik doirasida erishilgan muvaffaqiyatlar hamda investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekistonda Britaniya kompaniyalarining qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, to‘qimachilik, IT va yashil iqtisodiyot kabi sohalarda investitsiya faolligini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Investitsiya muhitini yaxshilash, loyihalarni amalga oshirish samaradorligini yuksaltirish va O‘zbekiston investitsiyaviy jozibadorligi bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishga doir qo‘shma amaliy chora-tadbirlar ko‘rishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.
Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari alohida muhokama qilindi. Savdo va investitsiyalar, transport va kommunikatsiyalar, energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirish hamda Orolbo‘yi mintaqasida ekologik inqiroz salbiy oqibatlarini yumshatish uchun C5+1 formatidagi muloqotni faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
15:50 / 21.01.2026
Elchixonalarda tadbirkorlar uchun koll-markaz tashkil qilish taklif etildi
15:20 / 21.01.2026
“Sayyohlar O‘zbekistonga 700-900 dollarga uchib kelyapti” - tadbirkor
14:40 / 21.01.2026
Jamshid Xo‘jayev Tojikiston qo‘yayotgan savdo cheklovlariga javob choralarini istisno qilmadi
13:13 / 10.01.2026