Bugun, 14 oktyabr kuni Ostonada “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ilk sammit bölib ötdi. Oltita davlat rahbari iştirokidagi majlisda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qildi. Uning kutilmagan va hissiyotli çiqişi videosini Informburo e’lon qildi (video).
“Biz sizlar bilan sovet ittifoqining parçalanişiga guvoh bölganmiz. Biz kiçik respublikalar, kiçik xalqlarga e’tibor bölmaganini körganmiz – xuddi hozirgidek. An’analar, urf-odatlar bilan hisoblaşilmagan. Rivojlanişiga kömak berilmagan. Biz keça ikki million [tojikistonlik muhojir – tahr.] haqida gaplaşdik, lekin şuni aytişni istardimki, nafaqat işlaş uçun, balki öqiş, davolaniş uçun Rossiya Federatsiyasiga borayotgan fuqarolarimiz soni 2 milliondan oşadi”, – dedi Rahmon.
Uning sözlariga köra, Rossiya özi uçun manfaatli bölgan oziq-ovqat sohasida Markaziy Osiyo bilan savdoni rivojlantiryapti, lekin buning evaziga hamkorlarga nisbatan teng munosabatda bölmayapti.

“Negadir Tojikistonda ötkazilib, “omadi kelmay qolgan” forumda... [Rossiyadan] heç bölmasa vazir darajasidagi iştirokçilar bölişi uçun men TIVga topşiriq bergandim, hatto siz bilan ham gaplaşgandim. Yöq, vazir örinbosarlari keldi. Mana, Tojikiston strategik hamkor böla turib nimani oldi. Biz bunaqa qilmayapmiz-ku?
Ha, bizning xalqimiz son jihatdan katta emas, biz 100-200 millionlik xalq emasmiz. Lekin bizda öz tariximiz, madaniyatimiz, xalqimiz bor. Şuni xohlaymizki, bizni hurmat qilişsin. Biz tilançi emasmiz. Biz tilançi emasmiz. Mineral resurslarga boy mamlakatimiz bor.
[…] Qayerda, qanaqa qoidani buzdik? Qayerdadir notöğri salomlaşib qöydikmi? Biz har doim özimizning asosiy strategik hamkorimizning manfaatlarini hurmat qilib kelganmiz. Öz navbatida, bizni ham hurmat qilişlarini xohlaymiz. Nima, biz qandaydir begonalarmizmi?” – deya şikoyat qildi Tojikiston prezidenti.

Yiğiliş mezboni, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev tojikistonlik hamkasbining sözlarini bölib, undan öz fikriga xulosa yasaşni söradi. Şundan keyin Rahmon şaxsan Putinga yuzlandi.












