Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ prezidenti Jozef Bayden bilan töğridan töğri muzokaralar ötkazişga hojat yöq, deb hisoblamoqda. Bu haqda u 14 oktyabr, juma kuni Ostona şahrida Qozoğistonga safari yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. «Hozirça heç qanday muzokaralar uçun platforma yöq», — dedi Putin.

U, şuningdek, Indoneziyadagi G20 sammitiga safari haqidagi qaror hali yakuniy qabul qilinmaganini aytdi. Putinning sözlariga köra, u G20 a’zolarining ba’zi yetakçilari bilan doimiy aloqada bölib turibdi, «AQŞ prezidenti bilan esa bunday masalalar muhokama qilinmagan». G20 sammiti noyabr oyi örtalarida Indoneziyaning Bali orolida bölib ötadi.

Ukrainadagi uruşga töxtalar ekan, Putin Ukrainaga har qanday qöşinning, jumladan, NATO kuçlarining kiritilişi va Rossiya armiyasi bilan töğridan töğri töqnaşuv «xavfli qadam va global falokatga olib kelişi mumkinligini» aytdi. «Umid qilamanki, bu haqda gapirayotganlar bunday xavfli qadamlar qöymaslik uçun yetarliça aqlga ega böladilar», dedi u Ukraina uruşda mağlubiyatga uçragan taqdirda NATO qöşinlari haqidagi savolga javob berib. «Bu huquqiy texnika masalasi. Ukrainaning mağlubiyati nima? Buni har kim turliça tuşunişi mumkin. 2014 yilda Qrimning Rossiya sub’yektiga aylangani mağlubiyatmi? Bu nima ekanligini tuşunişingiz kerak», — dedi Putin.

Rossiyadagi safarbarlik haqida gapirar ekan, Putin uni noyabrgaça yakunlaşga va’da berdi. «Öylaymanki, taxminan ikki hafta içida barça safarbarlik tadbirlari yakunlanadi», dedi u. Rossiya prezidentining sözlariga köra, hozirda 300 000 kişidan 222 000 kişi tuzilma qöşinlariga safarbar etilgan. Şuningdek, u hozirça qöşimça safarbarlik bölmasligini bildirdi: «Qöşimça heç narsa rejalaştirilmagan. Mudofaa vazirligidan bu borada heç qanday taklif tuşmagan, men ham yaqin vaqt içida heç qanday zarurat körmayapman». Putinning sözlariga köra, safarbarlik paytidagi «anglaşilmovçilik» önlab yillar davomida yangilanmagan eski hisob-kitob şakllari bilan boğliq. Uning qöşimça qilişiça, axborot bazasi yangilanmoqda.

21 sentabr kuni «qisman safarbarlik»ni e’lon qilar ekan, Putin «talab bölgan harbiy mutaxassisliklarga ega ayrim toifadagi fuqarolar»ni harbiy xizmatga çaqiriş haqida gapirdi. Putinning farmonida safarbarlik hajmi körsatilmagan, keyinroq Mudofaa vazirligi 300 ming kişini çaqiriş niyatida ekanligini ma’lum qilgan.

Aslida, safarbarlik ommaviy bölib çiqdi va köplab qonunbuzarliklar bilan amalga oşirilmoqda - odamlar harbiy ixtisosligidan qat’i nazar çaqirilmoqda, harbiy xizmatni ötamaganlar, surunkali kasalliklarga çalinganlar ham bor. Safarbarlik boşlanganidan beri uç hafta içida yiğin punktlarida 20 ga yaqin odam halok böldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, safarbar qilinganlarning bir qismi harbiy tayyorgarlikdan ötmagan yoki u juda kam bölgan holda frontga jönatilgan. Rossiya hukumati Ukrainada safarbar qilingan beş kişi halok bölganini allaqaçon tan olgan.