RF prezidentiga safarbarlik muammolari va muddatlari, Ukrainadagi harbiy amaliyotlar, AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan ehtimoliy muzokaralar haqida savol berildi.
Safarbarlik haqida:
– Ukrainadagi töqnaşuv çiziği uzunligi 1,1 ming kilometrni taşkil etadi, uni faqat kontraktçi harbiy xizmatçilar bilan uşlab turişning iloji yöq, şuning uçun safarbarlik e’lon qilindi;
– Hozir 222 ming kişi safarbar etilgan. Ikki hafta içida barça safarbarlik tadbirlari yakunlanadi. Yangi çaqiruv rejalaştirilmagan, Mudofaa vazirligidan safarbarlik böyiça yangi takliflar kelib tuşmagan;
– Safarbar qilinganlarning 33 ming nafari harbiy qismlar tarkibiga kiritilgan, ulardan 16 ming nafari jangovar topşiriqlarni bajarmoqda;
– Barça safarbar etilganlar majburiy harbiy tayyorgarlikdan ötişlari şart.
Ukrainadagi harbiy harakatlar haqida:
– Ayni paytda Ukrainaga yangi ommaviy zarbalar berişga ehtiyoj yöq, Rossiya harbiylari oldida boşqa vazifalar turibdi;
– Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi raketa hujumlarining dastlabki tölqinida «barça zarur obektlar»ga zarba bera olmadi va hozir zarba beriş jarayoni «yakunlanmoqda»;
– Rossiya öz oldiga Ukrainani yöq qiliş vazifasini qöymagan;
– Ukraina hukumati rus qöşinlari Kiyev ostonasini tark etişi bilanoq muzokaralar olib boriş istagini yöqotdi. Rossiya har doim muzokaralar uçun oçiq ekanini aytib keladi.
Qrim köprigidagi portlaş haqida:
– FXX (FSB) ma’lumotlariga köra, portlovçi moddalar Odessadan dengiz orqali yuborilgan, ammo don taşuvçidan foydalanilganmi yoki yöqmi hozirça ma’lum emas. Hozirça bu savolga javob yöq. Agar don taşiş yölagidan teraktlar tayyorlaş uçun foydalanilgani aniqlansa, bu ğalla bitimini şubha ostiga qöyadi, ammo hozirça bunday ma’lumot yöq.
Bayden bilan muzokaralar ötkaziş imkoniyati haqida:
– Men bilan suhbatga tayyor yoki yöqligini Baydenning özidan söraşimiz kerak. Hozirça muzokaralarga ehtiyoj sezmayapman. U yerga [G20 sammitiga] borişim masalasi hali töliq hal etilmagan.













