Rossiya Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ)ning Ukrainadagi uruşni töxtatişga çaqiruvçi sessiyasi yakunlari böyiça qöşma kommyunike çiqarilişiga yana tösqinlik qildi. Bu haqda Ispaniya iqtisodiyot vaziri Nadiya Kalvino 14 oktyabr, juma kuni XVJ sessiyasi yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida xabar berdi.

«Butun hafta davomida Rossiyadan Ukrainaga qarşi uruşni töxtatiş qat’iy talab qilindi. Bu uruş iqtisodiy ösişni sekinlaştiradigan, inflatsiya, beqarorlik va noaniqlikni keltirib çiqaradigan, energiya va oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid soladigan eng muhim omil», - dedi Kalvino. 

XVJ rahbari Kristalina Georgiyeva ham jahon iqtisodiyoti ahvolini yaxşilaşning eng oson yöli - uruşni töxtatiş, degan fikrni bildirdi. Şu bilan birga, Rossiya vakillari bunday dalillarga qöşilmadi va bu XVJ boşqaruv qömitasini köplab iqtisodiy masalalar böyiça yakdillikni aks ettiruvçi kommyunike örniga rais bayonotini çiqarişga majbur qildi. 

Rossiya Ukrainaga bostirib kirişi qoralanişiga qarşi bölib, şu yilning aprel oyida ham jamğarmaning avvalgi sessiyasidan söng XVJ kommyunikesi çiqarilişiga tösqinlik qilgandi.