Xerson oblasti okkupatsion «ma’muriyati» rahbari örinbosari Kirill Stremousov özining Telegram-kanalida Ukraina Qurolli kuçlari «Dudçani-Berislav hududiga hujum uyuştirişga uringanini» ma’lum qildi.
U bu haqda ertalab Rossiya televideniyesidagi «Solovev Live» dasturida e’lon qildi va «avvaldan kutilgan faol bosqiç» boşlanganini bildirdi.
«Rasmiy» yana bir bor Ukraina Qurolli kuçlarining annexia qilingan hududlarni ozod qilişga urinişlari qaytarilişini ta’kidladi, ammo şundan söng u Xerson oblasti aholisiga «gumanitar yordam imkoniyatidan foydalanib, Rossiya Federatsiyasiga dam oliş va soğlomlaştiriş uçun yöl olişni» maslahat bergan yana bir postni e’lon qildi.
Bundan oldin BMT Boş assambleyasi Rossiyaning Ukraina törtta hududini annexia qilganini qoralovçi rezolyutsiyani köpçilik ovoz bilan qabul qilgandi.
«Ukrainaning hududiy yaxlitligi. BMT nizomi tamoyillarini himoya qiliş» hujjati özini özi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR», «LXR», şuningdek, Rossiya tomonidan bosib olingan Zaporijjya va Xerson oblastlari hududlarida ötkazilgan «referendumlar»ni tan olmaydi.
Ta’kidlanişiça, soxta referendumlar yuridik kuçga ega emas va bu hududlarning maqomini özgartiriş, jumladan, Rossiyaga qöşib oliş uçun asos böla olmaydi.
Rezolyutsiyani 143 davlat vakillari qöllab-quvvatladi, 35 tasi betaraf qoldi. Yana beş davlat – Rossiya, Belarus, Suriya, Şimoliy Koreya va Nikaragua bunga qarşi çiqdi.













