«Navqiron yoşda şifoxonada yotiş oson emas»
Endigina 17 ga kirgan Abdulbosit oqqon-leykoz kasaliga çalinib qoldi. Toğ-toşda çöponlik qilib yurgan ota dunyoda bunday kasallik borligini bilmagandir ham, balki. Xasta qaynonasi-yu, uy-rözğor yumuşidan ortib çaqaloğiga kökrak tutadigan onaizorning tuşiga ham kirmagan. Lekin xastalik bu yoş, bu qari, bu boyning, bu kambağalning bolasi demas ekan.
«Töqqiz oydan beri şifoxonadamiz. Öğlim juda qimmat va oğir ximiya-terapiya olyapti. Hali yana 10 ta olişi kerak. Qarindoşlar birlaşib, ukam ham qölidan kelgança harakat qilib pul yiğyapmiz. Hozir şu dorilariga biroz qiynalib qoldik», deydi Abulbositning ammasi Fotima opa.

Abdulbosit Jumaboyevga oid ma’lumotlar:
Humo: 9860 0301 7687 6321 Şohsanam Qöldoşboyeva nomida
Manzil: Andijon viloyati, Qörğontepa tumani, «Saroy birlik» MFY
«Öğlimsiz hayotimni tasavvur qilolmayman»

Erkak kişi uçun farzandining dard çekişiga guvoh böliş oğir. Qöşilib yiğlolmaydi, dardini birovga aytolmaydi. Ikkinçi guruh nogironi bölgan Ahror ota bir oyoği kesilganiga qaramay farzandiga tirgak bölişga harakat qiladi. Yöğonni çözib, ingiçkani uzib qöyadigan bu xastalik otani farzandi uçun moddiy yordam söraşga majbur qildi.
«Oyiga 700 ming pensiya olaman. Rözğorimiz şundan ötib turardi. Ayolim işlamaydi, farzandimizga qaraydi. Hatto köçaga çiqişga vaqt topolmaydi. Onasi ikkimiz ham siqilganimizni bildirmaslikka harakat qilamiz. Öylamasin, ruhan ezilmasin, deymiz. Bolam tengdoşlari qatori çopqillab yursaydi. Döstim-ku döstim, duşmanimga ham ravo körmayman. Öğlimsiz hayotimni tasavvur qilolmayman», deydi ota quyilib kelayotgan yoşlarini artib.
Anvar Safarovga oid ma’lumotlar:
Uzcard: 8600 0609 9689 7675 Anvar Safarov nomida
Humo: 9860 0301 9978 7653 otasi Ahror Murotov nomida















