Apple ham USB Type–C’ga ötadi

Foto: Josh Edelson /Getty Images

Apple kompaniyasi Yevropa Ittifoqi talab qilganidek, USB-C ulagiçiga ötiş uçun Lightninğdan 2023 yildayoq voz keçadi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

«Apple özining eng maşhur gadjetlari uçun yangi ulagiçga ötiş muddatini tezlaştirdi. Masalan, iPhone 15 kelasi yil kuzdayoq USB-C ulagiçi bilan işlab çiqariladi. Bu belgilangan sanadan bir yil oldinroqdir», deyiladi xabarda.

Lightning ulagiçi faqat Apple kompaniyasiga xos bölib, boşqa işlab çiqaruvçilarning gadjetlariga örnatilmagan. Şuningdek, boşqa işlab çiqaruvçilarning quvvatlantiruvçi qurilmalaridan ham Apple kompaniyasi gadjetlarida foydalaniş imkonsiz. USB-C universal ulagiçiga ötiş bunday noqulaylikka barham berilişini nazarda tutadi. 

Avvalroq, Yevropa Ittifoqida 2024 yilgaça barça mobil telefon, planşet, kameralar uçun yagona quvvatlaş porti joriy etilişi ma’lum qilingandi.

Bir örindiqli elektromobil

Foto: Renault

Renault Group kompaniyasi Mobilize savdo belgisi ostida bir örindiqli Solo Concept prototipini taqdim qildi, u tijorat maqsadlari va karşering uçun möljallangan.

Uç ğildirakli elektromobil Renault kompaniyasining Hindiston bölimi tomonidan işlab çiqilgan, haydovçi uni yarim ötirgan holatda joystik yordamida boşqaradi.

Salonga çap tomondagi eşik orqali kiriladi. Elektromobil xavfsizlik yostiqçasi bilan jihozlangan va tezligi 25 km/s bilan çegaralangan, bu esa dubulğa kiymagan holda xavfsiz harakatlanişga imkon beradi. Şuningdek, uni boşqariş uçun haydovçilik guvohnomasi ham şartmas.