Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xarkivda hujumni davom ettirayotgan askarlar va Kiyevda tayyorlanayotgan ko‘ngillilar. Urush suratlari
Ukraina qurolli kuchlari Kupyansk atrofida harbiy harakatlarni davom etmoqda, shahar aholisi qiyin sharoitlarda yashamoqda, Xarkiv bo‘ylab - elektr ta’minotida muammolar.
Urushning 234-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Xarkiv oblasti sharqida Ukraina qurolli kuchlarining sentabr oyida boshlangan yurishi davom etmoqda — so‘nggi kunlarda ular Kupyansk atrofidagi yana bir necha qishloqlarni ozod etgan va Luhansk oblastida ilgarilagan. Oktyabr oyi boshiga qadar janglar davom etgan Kupyanskda, hamon gaz va ichimlik suvi yo‘q, ammo shaharda qolgan aholi o‘z hayotini yo‘lga qo‘yishga urinmoqda.
- Xarkiv oblastining sentabr oyida ozod etilgan hamda endi front chizig‘idan uzoqlashgan boshqa shahar va qishloqlarida Rossiya raketa zarbalari tufayli elektr uzatish ta’minotida muammolar kuzatilmoqda.
- Rossiyaning Ukraina bilan chegaradagi harbiy poligonida otishma oqibatida 13 kishi halok bo‘ld. Rossiya mudofaa vazirligi «MDH davlatining ikki fuqarosi» boshqa askarlarga o‘t ochgani va 11 kishini o‘ldirib, 15 kishini yaralagani, shundan keyin ularning o‘zi ham o‘ldirilganini ma’lum qilgan.
- Belarus mudofaa vazirligi mamlakatga rossiyalik harbiy xizmatchilar bo‘lgan ilk eshelonlar yetib kelgani, ular Rossiya-Belarus qo‘shinlarining mintaqaviy guruhi tarkibiga kirishini ma’lum qildi.
- Ilon Mask Tvitterida ukrainlarga Rossiya bilan urushda yordam sifatida taqdim etilgan Starlink sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimi baribir bepul ishlashda davom etishi haqida yozdi. Avvalroq u ukrainlar bilan virtual bahslardan keyin loyihani moliyalashtirishni to‘xtatishi va Starlink Ukrainada faoliyatini tugatishi haqida ogohlantirgandi.
- Belgorod oblastida Belgorod shahridan 11 kilometr masofadagi Razumnoye posyolkasida neft baza yonib ketdi. Region gubernatori Vyacheslav Gladkov bu Ukraina tomoni o‘qqa tutishi oqibati ekanini bildirdi.
- Ukraina madaniyat vazirligi Xerson musiqali-drama teatri bosh dirijyori Yuriy Kerpatenko o‘ldirilganini tasdiqladi. Ukraina tomoni aytishicha, «bosqinchilar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan» dirijyor rossiyalik harbiylar tomonidan otib tashlangan.
Quyida urushning so‘nggi kunlarida olingan asosiy suratlar.
Xarkiv oblastidagi ukrain harbiylari
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Kupyanskda gumanitar yordam tarqatilishi
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Balakliyada Ukraina armiyasi sharafiga chizilgan murallar
Sofia Bobok / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Sofia Bobok / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Sofia Bobok / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Kiyevda harbiy tayyorgarlik o‘tayotgan ko‘ngillilar
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkiv oblastidagi shahar va qishloqlarda istilodan keyingi manzaralar
Carl Court / Getty Images
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA
Carl Court / Getty Images
Carl Court / Getty Images
Carl Court / Getty Images
Carl Court / Getty Images
Xarkivda otishmalardan keyingi hayot
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Carl Court / Getty Images
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
14:41 / 13.12.2025
Ukraina: Kaspiyda Rossiyaning qurol tashigan ikki kemasiga hujum qilindi
14:23 / 13.12.2025
Tramp Ukrainaning Rossiya “soya floti”ga zarba berishini ma’qulladi
14:06 / 13.12.2025
Moskva Zelenskiyning Donbass bo‘yicha referendum o‘tkazish g‘oyasini rad etdi
13:16 / 13.12.2025