Polşaning Adamed xalqaro kompaniyasi delegatsiyasi a’zolari Toşkent tibbiyot akademiyasiga taşrif buyurişdi.
12 oktyabr kuni Toşkent tibbiyot akademiyasida rektor A. Şodmonov va Adamed Kompaniyasi rahbari Silviya Berdzik bilan uçraşuv bölib ötdi. 
Uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş, ilmiy-tadqiqot va farmakologiya sohasida ilmiy sinovlarni birgalikda taşkil etiş, qöşma öquv markazi, simulyatsiya laboratoriyasi va dori vositalari işlab çiqariş böyiça öquv xonalarini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.

Foto: TTA axborot xizmati

Şuningdek, Adamed kompaniyasi vakillari tomonidan akademiyada yaratilayotgan zamonaviy şaroitlar va talabalarga öqitişning innovatsion usullarini yuqori baholandi.

Foto: TTA axborot xizmati

Ma’lumot örnida aytiş joizki, kompaniya onkologiya, neyropsixiatriya va diabetologiya uçun dori vositalarini işlab çiqaradi. Hozirda kompaniya akademiyaning 10 nafarga yaqin  iqtidorli talabalariga maxsus stipendiya ajratdi.

TTA axborot xizmati Ⓣ