Ostonada bölib ötgan MDH davlatlari sammitidan söng matbuot anjumanida jurnalistlardan biri Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga safarbarlik e’lon qilingaç Rossiyani tark etgan erkaklarga nisbatan qanday çora körilişi haqida savol berdi.
Jurnalist Rossiyada bundaylarni «sotqinlar» deb ataşayotgani, ularning Rossiyada qolib ketgan avtomobillarini musodara qiliş kerakligi haqida takliflar bildirilayotganini eslatib ötgan.
Putin 21 sentabrdan söng mamlakatni tark etganlar borasida hissiyotlarga berilib emas, bu holatni yuridik jihatdan baholaşni afzal bilişini ta’kidlab ötdi.
«Muayyan vaziyatda muayyan fuqaroning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş lozim. Kimdir qörqqanidan mamlakatni tark etişni istar, kimdir safarbarlikdan qoçiş uçun, kimdir yana boşqa sabablarga köra — har bir muayyan holatda huquqiy baho beriş kerak. Va muayyan insonga nisbatan şu asosda harakat qiliş kerak», — degan Putin.













