Ammo bu safar poytaxtning markaziy rayonlarida istiqomat qiluvçilar yangiça ovozlarni ham eşitişdi - eski moped dvigatelidan çiquvçi tovuşga öxşaş vizillagan baland ovozni.

Zelenskiyning ofisi Rossiya armiyasi Kiyevga eronliklarning kamikadze dronlari bilan hujum qilganini tasdiqladi.

Ukraina poytaxti meri Vitaliy Kliçko kamida törtta portlaş töğrisida xabar berdi. Şevçenkovo rayonida röy bergan portlaş oqibatida tarixiy turar joy binosi vayron bölgan. Merning sözlariga köra, xarobalar ostidan 18 kişi çiqarib olingan.

Voqea joyida bölgan BBC muxbiri qutqaruvçilar xarobalar ostidan odamlarni qanday çiqarib olişayotganiga guvoh bölgan, kun davomida bu yerda tört kişi halok bölgani ma’lum böldi, ularning ikki nafari yoş juftlik bölib, ayol olti oylik homilador edi. 

Roman Petushkov / Reuters / Scanpix / LETA

«Eski moped tovuşi»

Kiyevlik Oleg 17 oktyabr ham bir hafta oldin bölgani kabi boşlanganini aytadi.

Oleg Lukyanovkada yaşaydi - bu Kiyev markazidan bir neça kilometr masofadagi tarixiy rayon. U yerda Kiyevdagi bir qança oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalari ham joylaşgan.

Birinçi portlaş ovozini Oleg soat 6.40 da temiryöl vokzali tomondan eşitadi. Aytişiça, bunday ovozlarga könikib ketgan çaqaloği uyğonmagan ham.

Ammo 10-15 daqiqa ötib taşqaridan yangiça ovozlar eşitila boşlagan - bu öqotar qurollar ovozi edi.

«Yana bir yangiça ovoz - eski moped ovozi edi - va biz tuşundikki, Shahed uçun ov ketmoqda. Bola onasi bilan vannaxonaga yugurdi, men esa oynadan qaradim. Çindan ham 100 metr masofadan dron uçib ötayotgandi. Ajablanarli, ammo kötarilayotgan quyoş nurlarida u qora emas, balki yorqin sariq rangda edi. Lahza ötmay portlaş ovozlari yangradi. Uyimdan taxminan 2 km masofada», - deya hikoya qiladi Oleg.

Uning tasdiqlaşiça tongda Kiyevning Şevçenkovo rayonida şu kabi yana tört yoki beş portlaş ovozi eşitilgan.