“Sud qarorlari qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekşiriş instituti takomillaştirilişi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- qonuniy kuçga kirmagan sud qarorlari şikoyat (protest) asosida apellyatsiya tartibida, qonuniy kuçga kirgan sud qarorlari, agar ular apellyatsiya tartibida körilmagan körilmagan bölsa kassatsiya tartibida, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida körilgan sud qarorlarini taftiş tartibida köriş;
- apellyatsiya şikoyatini beriş muddati 20 kundan 10 kunga qisqartiriş;
- apellyatsiya şikoyati va protesti mazmuniga qöyiladigan talablarni belgilaş;
- qonuniy kuçga kirgan sud qarorlarini kassatsiya tartibida körib çiqiş vakolatini viloyat va unga tenglaştirilgan sudlarga ötkaziş;
- MJtKni sud qarorlari qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini taftiş instansiyasi sudida tekşirişni nazarda tutuvçi bob bilan töldiriş, bunda taftiş tartibida körib çiqiş institutini amaliyotga joriy qiliş orqali taftiş tartibida qayta körilişi mumkin bölgan sud qarorlari, ajrimlari, uşbu tartibda şikoyat (protest) beriş huquqiga ega bölgan şaxslar va uning tartibi, taftiş tartibida qayta körib çiqişga yöl qöyiladigan muddat hamda taftiş instituti bilan boğliq boşqa normalarni belgilaş;
- işlarni Oliy sud jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atida taftiş tartibida körib çiqiş tartibini belgilaş;
- yuqori instansiya sudlari tomonidan quyi sudlar qarorini bekor qilgan holda yangidan köriş uçun quyi sudga yuboriş amaliyotini tugatiş.

















