6-16 oktabr kunlari Bahrayn poytaxti Manama şahrida oğir atletika böyiça Osiyo çempionati ötkazildi.
Özbekiston milliy jamoasi sportçilari «katta medallar» toifasida 2 ta oltin va 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida beşinçi örinni egalladi.
Jumladan, Adhamjon Ergaşev (-67 kg vazn toifasida) va Doston Yoqubov (-73 kg) oltin medalni, Muhammadqodir Toştemirov (-81 kg) va Şarofiddin Amriddinov (-102 kg) bronza medalini qölga kiritişdi.
Ayollar orasida Nigora Abdullayeva (-55 kg) va Tursunoy Jabborova (-87 kg) ham bronza medaliga ega bölişdi.
Umumjamoa hisobida Xitoy milliy jamoasi birinçi (6 ta oltin va 2ta kumuş), Qozoğiston milliy jamoasi ikkinçi (3 ta oltin, 2ta kumuş, 3 ta bronza), Vetnam milliy jamoasi uçinçi (3 ta oltin va 2ta kumuş) örinni egalladi.
Özbekiston oğir atletikaçilari 2020 yilda Toşkentda ötkazilgan Osiyo çempionatida 1 ta oltin, 2 ta kumuş va 3 ta bronza medali bilan beşinçi örinni qölga kiritişgan edi.












