Oxirgi oylarda Özbekiston prezidentining matbuot xizmati yiğilişlar va uçraşuvlar haqidagi xabarlariga taqdimot slaydlarining ayrim qismlari xiralaştirilgan fotosuratlarni ilova qilmoqda. Bu holatga Gazeta.uz e’tibor qaratdi.

Xususan, 17 oktyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyevga bir qator obektlar, jumladan, Olimpiya şaharçasi qurilişi loyihasi taqdimot qilingan. Rasmiy xabarga köra, taqdimotda bu yirik loyihaning “taşkiliy-moliyaviy jihatlari körib çiqilgan”.

Prezident matbuot xizmatining relizida Olimpiya şaharçasi qurilişining rejalaştirilayotgan taşkiliy va moliyaviy jihatlari oçiqlanmagan: qurilişga qança pul ketadi, bu pul qaysi manbadan ajratiladi, quruvçi kompaniya(lar) qanday tanlanadi?

Ayni paytda, xabarga ilova qilingan fotosuratlarda loyiha haqidagi ma’lumotlar aks etgan slaydlar blurlangan (xiralaştirib qöyilgan).

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xuddi şunday holat 17 oktyabr kuni bölib ötgan boşqa bir yiğiliş – mahallalar infratuzilmasi uçun ajratilgan mablağlarning sarflanişini nazorat qilişga oid majlis haqidagi xabarda ham kuzatilgan. Unda boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev hisobot berayotgani körsatilgan suratda jamoatçilikni qiziqtirişi mumkin bölgan ma’lumotlar aks etgan slayd tasviri xiralaştirib qöyilgan.

Gazeta.uz'ning aniqlaşiça, fotosuratlarni xiralaştiriş amaliyoti iyul oyidan – Prezident administratsiyasi rahbariyati almaşgani va u yerda kadrlar özgarganidan köp ötmay boşlangan. Şu vaqtdan boşlab, prezident matbuot xizmati suratlarida blurlaş paydo bölgan; qolaversa, monitordagi slaydni köriş qiyin bölgan rakurslardan olingan suratlar köpaygan.

“Loyihalar haqida rasmiy ma’lumotlar juda kam bölgan muhitda taqdimot slaydlari fotosuratlari jurnalistlar uçun qöşimça ma’lumot manbayi bölib xizmat qiladi. Ularning yordamida jamoatçilik yangi loyihalar, ularning xarajatlari va kiritilayotgan özgarişlar haqida batafsilroq ma’lumot olişi mumkin”, – deya yozadi naşr.

Xiralaştirilgan fotosuratlarga misollar: