Qirğiziston Xalq ta’limi vaziri vazifasini bajaruvçi Ulanbek Mambetaqunov Jogorku Keneş yiğilişida maktablarda 12 yillik ta’lim tizimini joriy etişga tayyorgarlik körilayotganini ma’lum qildi. 

«12 yillik ta’lim tizimini joriy etişga tayyorgarlik boşlandi. Ammo bu davlat ta’lim standartlari tayyor bölgaç amalga oşiriladi. Qolaversa, öquv bazasi ham tayyor bölişi kerak», — dedi Ulanbek Mambetaqunov. 

Avvalroq, 2023 yildan boşlab 12 yillik maktab ta’limiga ötiş rejalaştirilgani, nolinçi sinf bekor qilinadigan yangi ta’lim modeli joriy etilişi haqida xabar berilgandi. 

Öşanda sobiq ta’lim va fan vaziri Almazbek Beyşenaliyev endi bolalar birinçi sinfga yetti yoşda emas, olti yoşda borişini aytdi. Uning fikriga köra, şunda Qirğiziston ta’lim tizimi «jahon standartlariga javob berar edi». 

Keyinçalik 12 yillik maktab ta’limiga ötiş 2024-2025 öquv yiliga qoldirildi. Loyihani amalga oşiriş uçun Osiyo taraqqiyot bankidan 40 mln dollar miqdorida mablağ (yarmi kredit, yarmi grant) oliş rejalaştirilgan.