Rossiyalik öqituvçilarga maktabdagi öquv jarayoni doirasida xorijiy messenjerlar, xususan WhatsApp va internet servislaridan foydalaniş taqiqlandi. «Çeklovlar maxfiy ma’lumotlarning sizib çiqib ketişi ehtimolini bartaraf etişga yordam beradi», deb yozadi «Kommersant» 17 oktyabr, duşanba kuni RF Ta’lim vazirligidagi manbalarga tayanib.
Buning örniga, mintaqalardagi maktab xodimlariga VK tomonidan Rostelekom bilan birgalikda işlab çiqilgan mahalliy VK Messendjyer va Sferum öquv platformasidan foydalaniş tavsiya qilindi. Şu bilan birga, Rossiya Ta’lim vazirligi yuborilgan tavsiyalar faqat «Moya şkola» davlat tizimi bilan işlaşga tegişli ekanligini ta’kidladi.
Şuningdek, ota-onalarga xorijiy messenjerlardan foydalanişni çeklaş tavsiya etildi. Naşrning yozişiça, Nijyegorod oblastida öqituvçilar ota-onalarni ma’lumotlarni himoya qiliş maqsadida «xorijiy internet-serverlardan foydalaniş imkoniyatini istisno qilişga» çaqirmoqda. Biroq, vazirlik ota-onalarning muloqot kanallari böyiça maxsus qoidalar yöqligiga işontirdi.
Davlat muassasalarini Rossiyada işlab çiqilgan messenjerlar va servislariga ötkaziş 2021 yilda «Axborot texnologiyalari tarmoğini rivojlantiriş uçun qöşimça şart-şaroitlar yaratiş» davlat dasturi doirasida boşlangan.












