Kiyev ma’lumotlariga köra, 10 oktyabrdan beri Rossiyaning öqqa tutişi natijasida Ukraina elektr stansiyalarining uçdan bir qismi vayron bölgan. Zelenskiy Rossiya hukumatini terrorçilik faoliyatida aybladi.

10 oktyabrdan beri Ukraina elektr stansiyalarining 30 foizi vayron böldi, deya ma’lum qildi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Bu butun mamlakat böylab elektr energiyasining katta uzilişlariga olib keldi, deb yozdi u 18 oktyabr, seşanba kuni Twitter’da.

U Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlagan Rossiya hukumatini mamlakatning energetika va öta muhim infratuzilmasiga qarşi qaratilgan terrorçilik faoliyatida aybladi. «Putin rejimi bilan muzokaralar uçun joy qolmadi», dedi Zelenskiy. 

10 oktyabrdan beri Rossiya kuçlari Ukraina infratuzilmasiga hujumlarini keskin kuçaytirdi. Bu Kreml Ukraina xavfsizlik xizmatlarini ayblagan Qrim köprigidagi portlaşlardan keyin sodir böldi. Kiyevda esa, öz navbatida, bu portlaşlarga aloqasi yöqligini ma’lum qilgan. 

Xususan, 18 oktabr kuni ertalab Kiyev, Dnepr va Jitomirda energetika va öta muhim infratuzilma obektlariga hujumlar uyuştirildi, uşbu şaharlarda elektr va suv ta’minotida uzilişlar yuz berdi.