Andijonlik Jamoliddin köz saratoni bilan dunyoga kelgan. Şifokorlar uning hayotini saqlab qolişgan-u, közlarini saqlab qolişning imkoni bölmagan. Lekin közi oçiqlar erişa olmayotgan natijalarga erişişda közi ojizlik ham tösqinlik qila olmagan. Jamoliddin bugun adabiyotşunos olim.
“Andijondagi maxsus bolalar internatida tahsil olganman. Undan keyin Toşkentdagi Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetida, magistraturani esa Alişer Navoiy nomidagi özbek tili va adabiyoti universitetida davom ettirdim. Orada bir yil işsiz yurganimdan keyin oliygohga öqituvçilikka qabul qilindim. Hozirda Andijon davlat universitetida talabalarga adabiyotşunoslikdan saboq beraman”.
Jamoliddin maktab davridan kitoblarga mehr qöygan. Birinçi kitoblarini nafaqa puliga sotib olgan yigit hozir kattagina kutubxona taşkil qilgan. Uning taqdiri uning kutubxonasi bilan ham boğliq. Çunki bölajak turmuş örtoği Sanamxon kitob oliş uçun kelganida ular bir-birlariga ma’qul bölişgan.
Şundan söng ular turmuş qurişadi. Turmuş örtoğining hayotiga yoruğlik olib kirgan ayol bugun ming afsuski oğir ahvolda. Tuğma yurak porogi xastaligi bilan tuğilgan ayol ayni paytda şifoxonada. Oğir keçgan tuğuruq va öt qopida ötkazilgan operatsiyalar Sanamxonning dardini zöraytirgan.

Bu haqida biz Facebook ijtimoiy tarmoği orqali xabar topdik va buni ulaşgan vodiylik şifokor Muazzam Ibrohimova bilan boğlandik.
“Bir-birini qöllab-quvvatlab kelayotgan şu ikkala yoşning baxtli hayoti yana davom etişini xohlardim. Jamoliddin bilan gaplaşganimda: “Imkoni bölsa ayolimga men öz yuragimni beraman” degan gapni aytdi. Bu muhabbat, mehr-oqibatni körib juda ta’sirlandim. Ma’lum bölişiça Sanamxonda ötkaziladigan operatsiya Özbekistonda qilinmas ekan. Rossiyadan yurtimizga kelayotgan mutaxassislar buni qilişi mumkin, lekin ularga navbat asosida murojaat qiliş kerak ekan. Şu masalada SSV mutasaddilaridan bu masalaga yordam berişlarini söraymiz.
Sanamxon endi 24 yoşga kirdi. U yaşaşi kerak. Bu oilaning xorijda ötkaziladigan operatsiyalarga imkoniyatlari yöq” dedi şifokor.
Körsatuvni tayyorlaş jarayonida Jamoliddin yana bir yaxşi xabarni yetkazdi: Yoşlar işlari agentligi tomonida ularga 15 mln mablağ ajratilibdi. Lekin ötkaziladigan uç bosqiçli operatsiya uçun hali ança mablağ kerak böladi.












