Kun.uz oldinroq Navoiy viloyati, Xatirçi tumanining Oqtepa qişloğida maktabga toğ oşa eşakda qatnaydigan Davlat Xursanov haqida lavha tayyorlagandi. Lavha e’lon qilingaç, Toşkent şahrida yaşovçi bir inson (ismini oşkor qilişimizni istamadi) tahririyat bilan boğlanib, Davlatga ehson qilmoqçi ekanligini bildirdi.

Davlat öz intervyusida toğda pista terib, mototsikl uçun pul yiğganini, ammo akasi Şamşod Xursanov oliygoh talabasi bölgaç, jamğargan pulini unga berganligini aytib ötgandi. Davlatning orzusi uşaldi. Unga toğda yurişga moslaşgan zamonaviy mototsikl sovğa qilindi.

Davlat Xursanov Xatirçi tumanidagi 30-umumta’lim maktabining 10-sinf öquvçisi. U maktabga olisdan – toğlar orasidan eşakda qatnaydi. Akasi Şamşod Xursanov şu yil maktabni tamomlab, talaba bölgan. Aka-uka yoşligidan bir eşakka mingaşib, har kuni 16 km yöl bosganiça maktabga borib-kelişgan.