Ötgan 9 oy davomida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulaniş tufayli tizimga 26,1 mlrd söm zarar yetkazilgan

Bu haqda AOKAda ötkazilgan brifingda  «Özenergoinspeyetsiya» axborot xizmati rahbari Navröz Norboboyev ma’lum qildi.

Brifingda ma’lum qilinişiça, tekşiruvlar natijasida 35 kV va undan yuqori elektr qurilmalariga ega bölgan tadbirkorlik sub’yektlari, energo tizimi korxonalari, davlat taşkilotlarida hamda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulaniş böyiça jami 718 ta holat aniqlangan.

Buning natijasida, elektr va issiqlik energiyasidan noqonuniy foydalangan 440 nafar iste’molçi tomonidan 87,1 mlrd söm yetkazilgan zarar böyiça qayta hisob-kitoblar amalga oşirilgan.

Noqonuniy foydalaniş holatlarining eng köpi – Surxondaryo, Qaşqadaryo, Jizzax va Farğona viloyatlarida aniqlangan.

«Tekşiruvlarda noqonuniy ulangan, qoniqarsiz texnik holatdagi jami 3608 ta elektr qurilmaning işi hamda xavfsizlikka rioya qilmagan 35 ta brigadaning işi töxtatildi. 250 nafar mas’ul xodimlarga tegişli çoralar körildi. Şuningdek, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan birga elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan 758 nafar iste’molçi tomonidan tizimga 26,1 mlrd söm zarar yetkazilgan» - dedi Navröz Norboyev.

Avvalroq, Farğonada qariyb 14 mlrd sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlangani ma’lum qilingandi.