Şri-Lankalik yozuvçi Şexan Karunatilaka «Maali Almeydaning yetti oyi» romani uçun adabiyot sohasidagi eng nufuzli bölgan Buker mukofotini qölga kiritdi.

Asarning boş qahramoni harbiy fotograf Maali Almeyda bölib, u ölimidan keyin öz yaqinlarini Şri-Lankani hayratda qoldirişi kerak bölgan fotosuratlar yaşirilgan joyga olib borişga harakat qiladi. Asarda Şri-Lankadagi fuqarolar uruşining qonli voqealari tasvirlangan.

Qayd qilinişiça, Karunatilaka ilgari reklama kopirayteri bölib işlagan, qöşiqlar, ssenariylar va sayohatlar haqida hikoyalar yozgan.

Yozuvçiga mukofot 17 oktabr kuni Londonda bölib ötgan taqdirlaş marosimida qiroliça-konsort Kamilla tomonidan topşirildi. Şuningdek, Şexan Karunatilaka 50 ming funt sterling (taxminan 60 ming dollar) miqdoridagi pul mukofotiga ham ega böldi.

Şexan Karunatilaka işidan taşqari, bu yilgi mukofot uçun nomzodlar röyxatiga beş mamlakat mualliflarining beşta kitobi ham kiritilgan edi: Novayolet Bulavayo (Glory), Kler Kigan (Small Things Like These), Alan Garner (Treacle Walker), Persival Everett (The Trees), Elizabet Straut (Oh William!).

2021 yilda Janubiy Afrikalik yozuvçi Deymon Gelgut aparteid haqida hikoya qiluvçi «Va’da» (The Promise) romani uçun Buker mukofotini qölga kiritgan edi.

2022 yilda hind yozuvçisi Gitanjali Şri «Qum qabri» (Tomb of Sand) romani uçun xalqaro Buker mukofotiga sazovor böldi. Uşbu mukofot boşqa tildan ingliz tiliga ögirilgan asarlar uçun möljallangan.