Buxoroda xonadonda gaz portlashi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi
Holatga gaz plitasidan tabiiy gaz sizib chiqqan xonada elektr energiyasi yoqilganligi sabab bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida gaz portlashi oqibatida yosh bola vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Buxoro viloyati IIB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yilning 16 oktabr kuni soat 20.30larda Qorako‘l tumanidagi Quyi xo‘jalar qishlog‘ida yashovchi N.R. ismli fuqaroning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.
“Surishtiruv ishlari davomida ushbu xonadon oshxonasidagi gaz plitasidan tabiiy gaz sizib chiqishi hamda qarovsiz qoldirilgan 8 va 4 yoshli ikki nafar voyaga yetmagan farzandlar tomonidan elektr chirog‘ining yoqilishi natijasida chaqnash sodir bo‘lganligi aniqlangan. Oqibatda voyaga yetmagan aka-singil J. va Sh.S. tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramay J.S. shifoxonada vafot etgan”, — deyiladi IIB ma’lumotida.
Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan va Qorako‘l tuman IIB Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Surxondaryo viloyatidagi xonadonlardan birida ham gaz portlagan va xonadon egasi va uning farzandi turli darajada kuyish tan jarohatini olgandi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh migrantlar uchun Amerika fuqaroligini beradigan realiti-shou o‘tkazadi
Jahon | 20:37
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 20:35
-
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
Jahon | 20:13
-
Tramp savdo bitimlarini tuzishga ulgurmagan davlatlar uchun yangi tariflarni e’lon qildi
Jahon | 20:00
Mavzuga oid

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

10:03 / 01.05.2025
Qorako‘l hokimi 600 mln so‘m pulni to‘lamaslik uchun fermerga bosim qilyapti – Fermerlar kengashi vakili

23:19 / 31.03.2025
Andijonda masjidda gaz portladi. Asosiy ma’lumotlar

13:46 / 31.03.2025