Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumani «U.Xotamov» MFY hududida yuk poyezdi va yuk maşinasi iştirokida töqnaşuv sodir böldi.

Jizzax-2 va Çamanzor temiryöl bekatlari oraliğining 3 550-kilometrida harakatlanib ketayotgan «Özbekiston temir yöllari» AJga qaraşli poyezd yuk avtomobili bilan töqnaşgan. Hodisa oqibatida poyezd öz izidan çiqib ketib, harakatdan töxtagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabar berişiça, voqea haqida Jizzax viloyati FVB navbatçilik qismiga 20 oktyabrga ötar keçasi, soat 00:25 larda xabar kelib tuşgan. Darhol voqea joyiga viloyat FVBning qutqaruvçilar bölinmasi yuborilgan.

Qayd etilişiça, hodisa oqibatida yuk maşinasi haydovçisi tan jarohati olgan. Unga hodisa joyida zaruriy tibbiy yordam körsatilib, söng Respublika şoşilinç tez yordam ilmiy markazi Jizzax filiali jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.

«Özbekiston temir yöllari» matbuot xizmatiga köra, mazkur holatga yuk maşina haydovçisi yöl qoidasini qöpol ravişda buzgani sabab bölgan. Ayni paytda YTH sodir bölgan joyda şikastlangan temir yöllarni ta’mirlaş işlari olib borilmoqda.

  • Şu yil yanvar oyida Xorazm viloyati Xonqa tumani hududidan ötgan temiryöl kesişmasida Cobalt maşinasi va teplovoz töqnaşgan, jarohat olgan haydovçi şifoxonaga yotqizilgandi.