Korxonaning aniqlik kiritişiça, «Ukrenergo» kompaniyasi 19 oktyabr soat 23:24 dan öçirilişlarning boşlaniş sanasini belgilagan. 

Öçiriş har bir mijoz uçun maksimal tört soat davom etadi, lekin ba’zi iste’molçilar uçun kun davomida 8 soatdan keyin takrorlanişi mumkin - agar Ukrenergo stabilizatsiya öçirişlarini bekor qilmasa.

20 oktyabr kuni Ukraina poytaxtida elektr energiyasini tejaş maqsadida avtobuslar 38 ta trolleybus yönalişining 21 tasida işlaydi, deb xabar berdi Kiyev meri Vitaliy Kliçko.

Bundan oldin 20 oktyabr kuni butun Ukrainada elektr energiyasini yetkazib beriş çeklanişi ma’lum bölgandi. Bunday çora-tadbirlarning sababi tizimdagi quvvatlarning yetişmasligi, deb tuşuntirdi milliy energetika kompaniyasi Ukrenergo 19 oktyabr, çorşanba kuni. 

«Bu majburiy qadam. 10 oktyabrdan beri Ukraina energetika tizimi uruşning 8 oyidan köproq darajada Rossiya kuçlari tomonidan hujumga uçradi», - deyiladi kompaniya xabarida.