The New York Times manbalari Rossiya qöşinlarining bir qismini va C-300 zenit-raketa komplekslarini Suriyadan olib çiqib ketayotgani töğrisida xabar berdi. Bir neça qömondonlar allaqaçon Ukrainaga yuborilgan.

Rossiya Suriyadan 1600 nafargaça askardan iborat ikkita batalon va C-300 zenit-raketa komplekslarini olib çiqib ketdi. Bu haqda The New York Times gazetasi 19 oktyabr, çorşanba kuni keçqurun Isroil va Ğarbdagi anonim manbalarga tayanib xabar berdi. Isroillik harbiy manbaning qöşimça qilişiça, Suriyadan bir neça rossiyalik qömondon allaqaçon Ukrainaga köçirilgan. 

Turli naşrlar bir neça oylardan beri Rossiya Suriyadagi harbiy iştirokini uni Ukrainada mustahkamlaş maqsadida kamaytirayotgani, şuningdek, Ukraina frontiga suriyalik yollanma askarlarni yuborayotgani haqida yozmoqda. Sentabr oyida OAV Rossiya Ukrainadagi katta yöqotişlar fonida Suriyadagi mojaroga «siyosiy yeçimni tezlaştirişga» urinayotgani haqida xabar bergan edi. 
 
Uruş boşlanganidan beri Isroil Ukrainaga faqat tibbiy va gumanitar yordam körsatiş bilan çeklanib qoldi. Rossiya oktabr oyida Erondan olingan Şahed-136 dronlari bilan Ukraina şaharlariga hujum qilganidan keyin Ukraina Isroildan havo hujumidan mudofaa tizimlarini söradi. Isroil tomoni Ukrainaga baribir qurol yetkazib bermasligini, biroq yaqinlaşib kelayotgan zarbalar haqida erta ogohlantiriş tizimini işlab çiqişda yordam berişga tayyorligini ta’kidlamoqda.