Hujjatda Kiyev söragan qurollar orasida Iron Beam, Barak-8, Patriot, Iron Dome, David's Sling va Arrow Interceptor tizimlari nomi keltirilgan.
Maktubda Rossiyaning Eronda işlab çiqarilgan uçuvçisiz uçoqlar yordamida Ukrainadagi şaharlar va fuqarolik infratuzilmalariga qarşi yangi hujum usulini qöllagani ta’kidlangan hamda OAVda Erondan Moskvaga Fateh va Zolfagar raketalari yetkazib berilgani haqida xabarlar keltirilgani aytilgan.
«Şu nuqtayi nazardan va tinç aholi himoyasini ta’minlaş maqsadida Ukraina Isroilga havo va raketalarga qarşi mudofaa sohasida hamkorlikni boşlaş töğrisida rasmiy sörov yuboryapti», deyiladi xabarda.
Avvalroq Isroil mudofaa vaziri Beni Gans uning mamlakati Kiyevga qurol-yaroğ yetkazib berişni hamon rad qilayotganini aytgandi. Gans Isroil Ukrainaga faqat tibbiy va gumanitar yordam körsatayotganini va kelajakda ham şunday qilişini ta’kidladi.
Bundan oldin Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba Isroildan havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berişni söraş niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi. «Eron Isroil uçun qizil çiziqdir va Eron Ukrainaga qarşi tajovuz jinoyatiga bevosita şerik bölganidan söng, menimça, Isroilda Ukrainaga yordam beriş yoki yordam bermaslik borasida şubhasi bölgan heç kim qolmaydi. Bu şubhalarni yöqqa çiqariş kerak», dedi u brifingda.
Ukraina rasmiylari Rossiyani sönggi haftalarda Eronda işlab çiqarilgan Shahed-136 dronlaridan foydalangan holda Ukraina energetika infratuzilmasini öqqa tutişda ayblamoqda. Kiyevga köra, sönggi bir neça kun içida Rossiya hujumlari oqibatida 70 dan ortiq odam halok bölgan. Eron Rossiyaga özining dronlari yetkazib berilayotganini rad etdi, Rossiya esa bu ma’lumotga izoh bermayapti.
Şu bilan birga, Ukraina hukumati Eron uçuvçisiz uçoqlarini yetkazib beriş kengaytirilganini e’lon qildi: ularning birinçi partiyasi 300 dona, ikkinçi partiyasiga 2400 ta dron kiradi, dedi Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Aleksey Arestoviç. Unga köra, Rossiya 2-3 oy davomida dronlardan foydalangan holda Ukrainaga hozirgi sur’atda hujum qilişi mumkin.













