Google kompaniyasi Android 13 operatsion tizimining Go Edition deb nomlangan yangi, yengil versiyasini taqdim etdi. U arzon smartfonlar uçun maxsus işlab çiqilgan. 

Qayd etilişiça, Android 13 asosiy versiyasi çiqarilganidan taxminan ikki oy ötgaç, uning yengil versiyasi taqdim etilmoqda. 

Android 13 Go versiyasida oldingi yengil versiyalardan farqli ölaroq, «eski» operatsion tizim interfeysi saqlab qolindi. Soddalaştirilgan versiya ham Material You dinamik ranglari bilan ta’minlangan. 

Şuningdek, bloklangan ekran va tezkor sozlamalar menyusidagi mavzular deyarli özgarmagan. Ular köp jihatdan Google Pixel smartfonlari imkoniyatlari bilan bir xil. 

Android 13 Go versiyasida Google Play tizimini yangilaş imkoniyati bor. Bu esa Android OT va ilovalarni smartfonga örnatişni ança osonlaştiradi. 

Avvalroq Google smartfonlar bozori Apple tomonidan egallab olinişiga qarşi turiş uçun öz qurilmalarini işlab çiqişga sarmoya kiritişni ikki barobarga oşirişi xabar qilingandi.