Ukraina armiyasida olti haftalik vaqt bor, bu vaqt içida ular Rossiya Qurolli kuçlariga qarşi janubda va şimoli-şarqda hujumlarini davom ettirib muvaffaqiyat qozonsa, ob-havo şaroiti qarama-qarşi kuçlarni töxtatib, qayta töplanişga majbur qiladi. Amerika razvedkasining bunday baholari 20 oktyabr, payşanba kuni Amerikaning The New York Times (NYT) gazetasida keltirilgan.
Amerika tomonining fikriça, Rossiya kuçlarining keng miqyosdagi mağlubiyati ehtimoli, ötgan oyda bölgani kabi, Ukrainaga hududning muhim qismini qaytarişga imkon beradi. Biroq, Rossiyaning alohida bölinmalari Ukraina qöşinlari hujumi ostida öz pozitsiyalaridan voz keçişi mumkin, bu esa Kiyevga Donbass şaharlarini qaytarib olişda davom etiş va, ehtimol, Xersonni qaytariş imkonini beradi, deb yozadi NYT.
«Ukrainada imkoniyatlar oynasi bor», dedi Uruşni örganiş instituti (ISW) harbiy tahlilçisi Meyson Klark. «Ukrainaliklar qayerga hujum qiliş mumkinligini tanlaşda erkin», - deya qöşimça qildi u.
Xususiy ravişda amerikalik suhbatdoşlar Ukraina yaqin haftalarda öz afzalliklaridan foydalanişda davom etişi kerakligini aytyapti. Şu bilan birga, Kiyev harbiy ta’minot liniyalarini haddan taşqari kengaytirmasligi yoki Rossiya armiyasiga Ukrainaning mudofaa pozitsiyalaridagi zaif tomonlardan foydalaniş imkoniyatini bermasligi kerak, deydi ekspertlar.
AQŞ va Ukraina rasmiylari aniq prognozlar bilan çiqişda biroz ikkilanmoqda, biroq sönggi paytlarda vaziyat Ukraina foydasiga işlayotganiga qaramay, janglar yana bir neça oy davom etişi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Uruş davrini baholaşning murakkabligi şundaki, uruş Rossiya va Ukraina qurolli kuçlari ustunlikka ega bölgan turli bosqiçlardan ötgan, deb ta’kidlaydi NYT.
Avvalroq Uruşni örganiş instituti Rossiya tomoni Ukraina şimoli-şarqi va janubida davom etayotgan yöqotişlar fonida kamida bitta sektorda muvaffaqiyatga erişiş uçun Baxmut mintaqasidagi olğa siljiş haqidagi ma’lumotlarni soxtalaştirişda davom etayotgan bölişi mumkinligini aytgan edi.
Ular, şuningdek, Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi Boş operativ boşqarmasi boşliği örinbosari, brigada generali Aleksey Gromovning ogohlantirişiga qaramay, Rossiyaning Belarusdan Ukraina şimoliga hujum qiliş xavfi pastligiça qolayotganini bildirişdi.
Şarqdan ğarbga eng yaqin Ukraina temiryöl liniyasi Belarus çegarasidan 30 km uzoqlikda joylaşgan. Şu bilan birga, Ukraina va Belarus şimolidagi Pripyat botqoqlari Volin va Rovne oblastlarida xalqaro çegara orqali uruş olib borişni öta qiyinlaştiradi, deb hisoblaydi ekspertlar.













