Unda Buyuk Ipak yöli haqida hikoya qilinib, qariyb ikki ming yillik davrni qamrab oluvçi 169 ta eksponat, jumladan, Özbekistonning 16 ta muzeyidan 138 dona osori-atiqa, şuningdek, dunyoning yetakçi muzeylaridan 31 ta aşyo namoyiş etiladi.

Körgazmada namoyiş etilayotgan eksponatlardan biri — Buddaviylar ibodatxonasidagi Kuşon şahzodasining boşi. U 1937 yilda Surxondaryo viloyati hududida bölgan Kuşon podşoligi davrida taşkil etilgan Dalvarzintepa şaharçasi yaqinida arxeologik qazişmalarda topilgan.


Afrosiyob rasmlari 1965 yilda kaşf etilgan. Surat taxminan VI asr oxiri VIII asr boşiga tegişli. Samarqand ixşidi (hukmdori) Varxuman saroyidan topilgan.

Dalvarzintepadagi buddaviylar ibodatxonasidan topilgan Bodxisattva haykali esa eramizgaça bölgan II-III asrga tegişli eksponat hisoblanadi.
Körgazma 2023 yil yoziga qadar davom etadi.











