“Uç yildan beri şu dard bilan kuraşaman. Borgan sari dorilar ham ta’sir qilmayapti. Qornimda suv yiğiladi, kindigimda çurra paydo bölib şişib qolgan. Öpkamdan har uç oyda 3-4 litr suv oldirib turaman. Jigar suvni haydab çiqarolmayapti. Bir yarim yaşar qizimni ham kötarolmayapman. Mumkin emas. Jigarim 60 foizga qurib bölibdi. 70 foizga çiqmasidan tezroq operatsiya qildirişimiz kerak. Yerimizni sotib ijaraga çiqdik. Davolanişim uçun köp pul sarfladik. Lekin foydasi bölmayapti. Özim yetimlikda katta bölganim uçun bolalarimga buni ravo körmayman. Xudodan tinmay bolalarimni ulğaytirib oyoqqa qöyişim uçun ham şifo berişini sörayman”, – deydi Muhammadjon aka ökinç bilan.
“Oilada erkak kişining örni boşqaça bölarkan”, – deydi ayoli Şahnoza opa közyoşlarini artib. “Har safar davolanişga ketganida beş yaşar öğlim “Dadam qani?”, deb sörayverib qiynaydi. Hali ikkiga kirmagan qizaloğim otasini qidirib qoladi. Ularni körib yanada köproq ezilaman. Turmuş örtoğimga Xudodan şifo sörayman. Farzandlarim otasiz qolişini, turmuş örtoğimning yöqligini tasavvur qilolmayman”.
Ayni öynab-kuladigan yoşda taqdir sinovlari bilan kuraşayotgan yoş oila yaxşilar kömagidan umidvor. Qurbingiz yetsa, norasida gödaklarning otasiz qolmasligi uçun öz hissangizni qöşing.
Muhammadjonning ökinçlari köp – dardga çalinib, rafiqasining böynidagi mas’uliyatni köpaytirganidan ming xijolatda.
“Tezroq soğayib, barça mas’uliyatni yelkamga olişni sörayapman. Ayolim men uçun qölidan kelganini qilyapti. Ba’zida afsuslanib ketaman uni şunday ahvolga solganimdan”, – deya ökinadi bemor.
Muhammadjon Xolboyevga oid ma’lumotlar:
UzCard: 8600 0610 8857 6870 bemor Xolboyev Muhammadjon nomida
Manzil: Toşkent viloyati, Bekobod tumani, “Nayman” MFY, 33-xonadon.












