«Bugun, 21 oktyabr, mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da prezidentlikka nomzodlarni röyxatga oliş jarayoni yakunlandi. Endi saylovoldi taşviqoti boşlanadi, u 28 kun davom yetadi», — dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari Konstantin Petrov.

Qozoğiston prezidenti saylovida qatnaşiş uçun 12 kişi hujjat topşirgan edi. Ulardan faqat olti nafari nomzod sifatida röyxatga olingan.

Nomzodlarning 2 nafari ayol, 4 nafari erkak, 1 nafari davlat xizmatçisi, 1 nafari tijorat tuzilmasi vakili, 4 nafari nodavlat sektor vakili, 1 nafari siyosiy partiya vakili.

Prezidentlikka röyxatga olingan nomzodlar:

  1. Qosim-Jömart Töqayev – Ijtimoiy-siyosiy kuçlar xalq koalitsiyasidan;
  2. Karakat Abden – Professional ijtimoiy işçilar milliy alyansi Respublika jamoat birlaşmasidan;
  3. Jiguli Dayraboyev – «Ovul» Xalq demokratik vatanparvarlik partiyasidan;
  4. Meyram Kajiken – «Amanat» kasaba uyuşmalari respublika jamiyatidan;
  5. Saltanat Tursinbekova – «Qozoq analari – dasturge jol» respublika jamoat birlaşmasidan;
  6. Nurlan Auyesbayev – muxolifatdagi Milliy sotsial-demokratik partiyadan.

Qozoğistonda navbatdan taşqari prezident saylovi 20 noyabr kuni ötkaziladi.